Joze Mourinyo: "Buyuk Anchelottiga salom yo'llayman"

Aziz Tukhtamuradov
6 may 2022, 08:14
Joze Mourinyo "Roma" bilan Yevropa Konferenciyalar ligasi finaliga yo'l olganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Juda charchadim va uyga ketishni istayman. 

Bu oilamizning g'alabasi. Nafaqat maydon va zaxira o'rindig'idagi, umuman butun stadiondagi oila a'zolarimizning! Oilaga aloqador ekanligingni his qilish - asosiy muvaffaqiyat. 

Biz borimizni berib o'ynadik. Balki kimdir bunday hisoblamas, lekin darvozaboningizda APLning hujumkor jamoasiga qarshi o'yinda 120 daqiqa ichida faqatgina 2 ta seyv bo'lishi - muvaffaqiyatni bildiradi. 

Yigitlar bunga loyiq. Bizda final sari fantastik yo'l bo'ldi, A Seriyada ochkolar yo'qotishimizga to'g'ri keldi. Ammo endilikda biz finaldamiz va unda g'alaba qozonmoqchimiz. 

Ruhsat bersangiz do'stim, buyuk murabbiy Karlettoga (Karlo Anchelotti) salom yo'llamoqchiman. Kel, birga finallarda g'alaba qoznamiz", - dedi Mourinyo. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA