

O'yinda uchta faktor bo'ladi. Birinchi faktor bu jamoa, jamoaviy xatolarni biz qilamiz, futbolchilar qiladi. Bu bizning qo'limizda.
Ikkinchi faktor – hakam, ularning xatolarini men nazorat qila olmayman. Birinchi goldagi vaziyatni oling.
Uchinchi faktor – omad, bizga omad yetishmadi. Biz kuchli edik, ammo yutqazdik. Gomes Zlatanning zarbasidan so'ng ajoyib seyv qildi.
Mavsumni yaxshi boshladik, g'alabalar bo'ldi. Biroq birinchi mag'lubiyatdan so'ng futbolchilar undan chiqib ketishlari qiyin bo'lmoqda, – deydi portugaliyalik murabbiy.



