Joze Mourinyo: APLda to'rtlikka kirgandan ko'ra Yevropa ligasini yutish muhim

Narzulla Saydullayev
8 may 2017, 08:21
Manchester Yunayted ustozi Joze Mourinyo Arsenaldan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirdi.

Natija albatta xafa qildi. Alohida futbolchilar yaxshi o'ynashdi. Ueyn Runi bugun yaxshi harakat qildi. Birinchi taymda unda yaxshi imkoniyat bo'lgandi, gol urishi kerak edi xolos.

Pogba o'ynamadi, Reshford bir necha daqiqa o'ynadi. Biz Yevropa ligasida g'olib bo'lmoqchimiz. Bu to'rtlikka kirgandan ko'ra muhimroq. Bazi futbolchilarga xordiq kerak, – deydi Mourinyo.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com