Jovinko Evro-2016da o'ynashni istaydi

Aziz Tukhtamuradov
10 may 2016
"Toronto" futbolchisi Sebastyan Jovinko Antonio Kontedan Italiya terma jamoasiga chaqiriq olishni istamoqda.


Futbolchi so'nggi marta o'tgan yilning oktyabrida Italiya terma jamoasidan chaqiriq olgandi.

Jovinko so'nggi marta 48 ta o'yinda 28 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

"Albatta Evroda o'ynashni istayman. Konte barcha italiyalik futbolchilarni kuzatib bormoqda va umid qilamanki menga ham imkoniyat beradi", - deydi futbolchi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com