Jorjinoning agenti: "Biz "Barselona" bilan muzokara o'tkazmadik"

Sherzod Nurmatov
3 noya 2022, 14:55
"Chelsi" va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Jorjinoning agenti Joao Santos "Barselona" bilan muzokara olib borilayotgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Men sport direktori Mateu Alemani bilan hech qachon uchrashmaganman. Bizning ustuvor vazifamiz – "Chelsi" bilan shartnomani uzaytirish. Oxirgi bir necha hafta ichida men gaplashgan yagona klub – bu "Chelsi", – dedi Santos.

Eslatib o'tamiz, Jorjino 2023 yilning yozida erkin agentga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia