Jorjinoga APLning 5 klubi qiziqish bildirmoqda. Bu tasdiqlandi

Mirjalol Normatov
8 may 2018, 19:51
"Napoli" yarim himoyachisi Jorjino APLning bir necha grand jamoalari qiziqishlari doirasida.

Bu haqda uning agenti Joao Santos shunday fikrlar bildirdi.

"Manchester Siti" Jorjino borasida taklif bilan chiqdimi? Jorjinoning xizmatlariga APLning 4-5 jamoasi qiziqish bildirayotganini yaxshi biladi. "Napoli" ham, men ham rasmiy ravishda biror klub bilan muzokara o'tkazmadim. Biroq futbolchining kelajagiga oydinlik kiritilmagan.

Uning klub bilan 2 yillik shartnomasi bor. Agarda "Napoli" uni sotishni istasa, boshqa klub bilan muzokara o'tkazardi va keyin bizga murojaat bilan chiqardi", - dedi agent.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Italia