Jorjino Veynaldum: "PSJdagi resurslar bilan barchasini yutishimiz kerak"

Mirjalol Normatov
24 fev 2022, 01:55
PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum jamoaning o'yini tashkillashtirib olingunicha vaqt kerakligini aytdi.

"Jamoaning o'yinini qurib olishi va futbolchilar bir-birini tanib olishlari uchun vaqt kerak. Ha, klubdagi resurslarni hisobga olsak biz hamma narsani yutishimiz kerak. Biroq bu mantiq doim ham ish bermaydi.

"Liverpul"da ham o'yin qurilib olishi uchun ancha vaqt kerak bo'ldi. Bu yerda ham ushbu klubning tajribasini qo'llasa bo'ladi", - dedi xavbek.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Get French Football News