

30 yoshli futbolchi yanvar oyida "Stemford Brij" egalari bilan shatrnomasining so'nggi olti oyligiga kiradi. Shu tufayli Angliya Premer-ligasi tashqarisidagi davogarlarga u bilan kelishuvga erishish uchun dastlabki muzokaralarga kirishish imkoniga ega bo'ladi.
Ma'lum bo'lishicha, o'yinchining o'zi La Ligaga yo'l olishni istamoqda. Ispaniyaning "Barselona" klubi Italiyaning "Milan" jamoasi bilan bir qatorda yarim himoyachini qo'lga kiritishga asosiy nomzodlar bo'lib turibdi.
Italiyalik futbolchi ushbu mavsum "ko'klar" safida 17 ta o'yinda ishtirok etdi va 3 ta gol urdi.



