Jorjino: Sarri futbolchilarga qo'ng'iroq qiladigan murabbiy emas

29 sen 2018, 08:10
“Chelsi”ning italiyalik yarim himoyachisi jamoa ustozi haqida fikrlari bilan bo'lishdi.

“Muzokaralar ortida juda ko'p narsa bor edi. Sarrining bosh murabbiy bo'lishi, “Chelsi”ga o'tishimda muhim ahamiyat kasb etdi. “Chelsi” esa haqiqatdan ham katta klub. Bu omillar menga qaror qabul qilishimda yordam berdi. Bizning munosabatlarimiz etarlicha yaxshi. Mauricio doimo men bilan hazillashadi. U menga qo'ng'iroq qilmadi, Sarri futbolchilarga telefon qiladigan murabbiylardan emas. Ammo agentlar orqali uning bu yerda ishlash borasidagi xohishini bilardim”,-deydi Jorjino.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com