Jorjino "Oltin to'p" haqida: "Mening g'alabam futbolda faqat gollar muhim emasligini ko'rsatib qo'ygan bo'lardi"

Omonjon To`xtamirzayev
11 noya 2021, 11:15
"Chelsi" yarim himoyachisi "Oltin to'p"ga ega chiqishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.

"Oltin to'p"ga haqlimanmi yoki yo'q, bu haqida men fikr bildirmasligim kerak, ammo bu qolgan futbolchilarni ruhlantirgan bo'lardi. Mening g'alabam, sovrin egasini aniqlashda faqatgina gollar inobatga olinmasligini ko'rsatib berardi.

Men g'alabaga juda qattiq ishonib qolmayapman, lekin sovrinni qo'lga kiritish haqida butkul o'ylamayapman, buni istamayman desam, ikkiyuzlamachilik bo'ladi. Bu amalga oshsa zo'r bo'lardi, ammo o'xshamasa ham shikoyatim yo'q.

Osmonlarda uchib yurganim yo'q va boshqa ishlarga e'tiborimni qaratganman. UEFA talqiniga ko'ra, yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindim", – deydi Italiya termasi a'zosi .

29 yoshli futbolchi APL joriy mavsumida 10 uchrashuvda 1 ta gol urdi. U Italiya bilan "Evro"da va "Chelsi" safida YCHLda g'olib bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia