

Unga ko'ra, “Chelsi” klubda Konor Gallaxerni qoldirib, Jorjinoni “Arsenal”ga qo'yib yubormoqchi. Avvalroq, Gallaxerga “Everton” qiziqqani aytilgandi.
“To'pchilar” esa “Brayton”ga Moyses Kaysedoning transferi bo'yicha ikkita taklifi rad javob qilingandan keyin, italiyalik xavbek variantiga e'tibor qaratishgan.
31 yoshli Jorjino 2018 yildan beri “Chelsi” sharafini himoya qilib kelmoqda. U bungacha “Napoli”, “Sambonifaceze” hamda “Ellas Verona” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Italiya TJ sardori joriy mavsum APLda 18 bahsda qatnashib, 2 ta gol urdi.



