Jorjino: "Evro g'olibi JCHga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olishi kerak"

Mirjalol Normatov
21 iyul 2022, 00:30
"Chelsi" va Italiya termasi futbolchisi Jorjinoning fikriga ko'ra, Evroda g'olib bo'lgan terma navbatdagi JCHga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega chiqishi kerak.

"Evro g'oliblari JCHga yo'llanma olmasligi kulgili. UEFA va FIFAga qo'ng'iroq qiling! Balki u yerdagilar bizning saralashdan o'ta olmaganimiz nimalar bilan bog'liqligini bilishar. Ammo eshiting, Siz qitaning eng yaxshisi bo'layotgan ekansiz, nima sababdan saralashdan o'tishingiz kerak? Bu yerda nimadir bor", - dedi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Italiya termasi JCH-2022 uchun o'tish o'yinida Shimoliy Makedoniya termasiga mag'lub bo'lib, Qatardagi mundialda qatnashmaydigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Globo Esporte