Jon Terri: Yozda Chelsidan ketaman

Narzulla Saydullayev
1 fev 2016, 08:03
Chelsi sardori Jon Terri klubni tark etishi haqida aytib o'tdi.

Arsenalga qarshi o'yindan oldin shartnomam uzaytirilmasligi haqida aytishdi. Ertak tamom, faoliyatimni Chelsida tugata olmayman.

Yozgacha klubda bor kuchim bilan o'ynayman, klub bilan sovrin yutishga harakat qilaman. Klub o'z yo'lida davom etadi, hech qaysi futbolchi klubdan muhimroq emas. Kelajakda shu erga qaytib bolalarim bilan Chelsining g'alabalarini tomosha qilishni istayman. Oxirgi mavsumimni yuqori notada yakunlamoqchiman, – deydi Terri.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com