

"Biz xafamiz. G'alabaga juda yaqin edik, biroq gol urganimizdan so'ng haddan tashqari sust harakat qildik va o'z darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yaratilishiga yo'l qo'yib berdik.
G'alabaga juda yaqin edik, ammo goldan keyin ustunlikni saqlab qola olmadik.
Raqiblar havodagi barcha to'plar uchun kurashda g'olib chiqishdi va tinimsiz uzatmalarni amalga oshirishdi. Shu sababli biz mudofaadagi bo'shliqlarni yopish va havodagi kurashlarda kuchliroq bo'lish uchun beshta himoyachidan iborat sxemaga o'tdik.
Albatta, mas'uliyat murabbiy zimmasida bo'ladi va agar biror narsa o'xshamay qolsa, murabbiy nohaq edi deyish juda oson.
Shubhasiz, biz ikkinchi golni urishni istagandik, ammo hujumdagi o'zgarishlar bizga yordam beradi deb hisoblamadim. Biz 4-4-2 sxemasida qoldik, biroq borgan sari ko'proq himoyaviy va passiv o'yin namoyish etdik", - deya Tuxelning so'zlarini keltiradi "BBC".



