Joel Kojo: "Osiyo kubogiga eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatish uchun kelganmiz"

Administrator
17 yanv 2024, 07:51
Osiyo kubogi "F" guruhining birinchi turidan o'rin olgan Tailand - Qirg'iz Respublikasi (2:0) uchrashuvidan so'ng, "Dinamo" klubi futbolchisi Joel Kojo Championat.asia saytiga flesh intervyu berdi.

- O'yin haqida nima deya olasiz?

- Bu futbol, hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz bu erga yaxshi futbol ko'rsatish uchun kelganmiz. Musobaqada bor kuchimiz bilan qatnashishiz kerak. Mag'lub bo'lganimizga qaramay, o'yin yaxshi bo'ldi, deya olaman. 

- O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtirokini kuzatib boryapsizmi?

- Men Osiyo kubogida Qirg'iz Respublikasi sharafini himoya qilyapman. Bor e'tiborimni Qirg'iz Respublikasi terma jamoasiga qaratganman.



- Keyingi ikki o'yin haqida nimalar deya olasan? Oldinda ikkita kuchli raqib kutib turibdi...

- Raqibni farqi yo'q. Biz Osiyo kubogiga o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga kelganmiz. Shunday ekan, raqibning ahamiyati yo'q.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia