Joau Kanseluning keyingi manzili Saudiya Arabistoni bo'ladimi?

Administrator
26 iyul 2024, 23:30
Portugaliya termasi himoyachisi Osiyodan bir necha jiddiy takliflar qabul qildi.

"Manchester Siti" klubi himoyachisi Joau Kanseluga Saudiya Arabistonining bir necha klublari qiziqish bildirmoqda. "Al Ahli" va "Al Ittifoq" klublari Kanseluni o'z tarkibida ko'rmoqchi. "Manchester Siti" esa Joau Kanseloga tahminan 20-30 mln evro narx qo'ygan. Klub kim ko'proq pul to'lasa, himoyachini o'sha klubga sotish maqsadida. 

Bundan tashqari, "Barselona" klubi Kanseluni yana bir mavsum ijaraga olishni istayapti. Bu kabi yuqori talab davom etsa, "Siti" narxni oshirishi mumkin. 

Kanseluning o'zi "Barselona"ga qaytishni istamoqda. Uning agenti Jorje Mendesh masalaga tezroq echim qidirmoqda. "Barselona" esa eng ko'pi bilan mln evro to'lashi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Diario Sport