Joau Feliks "Chelsi"da!

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2023, 17:41
Italiyalik mahshur insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, Joau Feliks "Chelsi"ga deyarli o'tib bo'ldi.

Jamoalar o'rtasida to'liq og'zaki kelishuvga erishildi, ijara narxi 11 million evroga teng va 100% maoshi "Chelsi" tomonidan qoplanadi. "Chelsi" bilan tuzilgan shartnoma mavsum oxirigacha amal qiladi.

Ijaraga ketishdan oldin Feliks "Atletiko" bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi.

Joau Londonga jo'nab ketdi. U yaqin soatlar ichida tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnoma imzolaydi.

Portugaliyalik o'yinchi ushbu mavsum 20 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli pas amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano