Jo Koul Mbappega "Real"ga ketmaslikni maslahat berdi: "Uning o'rnida Messi va Neymar bilan o'ynashni xohlagan bo'lardim"

Alisher
16 fev 2022, 12:50
Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Jo Koul Kilian Mbappega PSJning CHL doirasidagi "Real" (1:0)ga qarshi o'yinidan so'ng Parij klubidan ketmaslikni maslahat berdi.

"Agar men Mbappening o'rnida bo'lganimda va "Real" yoki PSJdan birisini tanlashim kerak bo'lganida, qayerda bo'lishni xohlashim borasida ikkilanmagan bo'lardim.

PSJda Neymar va Messi bilan o'ynashni xohlardim. U bu jamoa bilan barcha rekordlarga erishishi mumkin, sababi ertami-kechmi ularda bu amalga oshadi.

Men ikki o'yinni tomosha qildim, ijobiy vaziyatlar salbiysidan ko'ra ko'p bo'ldi.

PSJ "Real"ga qarshi o'yinda ustunlik qildi va uch yoki to'rt gol urishi mumkin edi va bu to'qnashuvda hamma narsa hal bo'lardi", - deydi Koul.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Metro