

“Biz ikki ochko yo'qotdik. 10 kishi bo'lib qolgan raqibga qarshi o'ynadik va o'yinni o'z nazoratimizda saqlab turgandik. Ammo ikki ochko yo'qotishimizga o'zimiz aybdormiz. Shunchaki ehtiyotsizlikka yo'l qo'ydik. Bitta to'p o'tkazishimizni tushunsa bo'ladi. Ammo ikki to'p farqi bilan g'alaba qozonib turib, ikki to'p o'tkazib yuborish... Biz o'zimiz “Lester”ning o'yinga qaytishiga imkon berdik” deydi yarim himoyachi.



