Jiru jurnalistlardan uning "Arsenal"dan ketishi haqida so'ramasliklarini iltimos qildi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2017, 15:54
"Arsenal" hujumchisi Olive Jiru jurnalistlardan uning London klubidan ketishi haqida so'ramasliklarini iltimos qildi.

"Iltimos - kelajagim haqida savol bermang. Ayni damda "Arsenal" futbolchisiman va mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rishni istayman. Bu asosiysi" - deydi Jiru.

Fransiyalik so'nggi mavsum 40 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi. "To'pchilar" yozda "Lion" forvardi Aleksandr Lyakazettni xarid qilib, hujum chizig'idagi raqobatni kuchaytirishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportsmole