Jiru Italiyaga uchib keldi. U bugun "Milan" bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi

Alisher
16 iyul 2021, 13:00
Hujumchi Olive Jiru tez orada "Milan" o'yinchisiga aylanadi.

Futbolchi kecha kechqurun Milanga uchib keldi. Bugun ertalab forvard tibbiy ko'rikdan o'tadi, shuningdek "Milan" bazasiga tashrif buyuradi va klub bilan shartnoma imzolaydi.

Shundan keyin Jiru tatilga yo'l oladi. U Stefano Pioli jamoasi mashg'ulotlariga 26 iyulda qo'shiladi.

"Milan" "Chelsi"ga Jiru uchun belgilangan miqdordagi mablag'ni to'laydi. Shartnomada shuningdek Chempionlar Ligasiga chiqish bilan bog'liq bonus ham bor. Francuz 2 yillik shartnoma imzolaydi, uning maoshi yiliga 4 mln evroni tashkil etadi.

34 yoshli forvard o'tgan mavsum APL doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato.com