"Jirona" hujumchisi La Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2024, 14:03
Futbolchi individual mukofot oldi.

"Jirona" hujumchisi Artyom Dovbik La Ligada dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar berdi.

26 yoshli hujumchi o'tgan oy Ispaniya chempionatida 4 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi. Bu uning La Ligadagi ilk mavsumi va birinchi bunday sovrini.

"Jirona" ayni damda La Liga turnir jadvalida "Real" bilan bir xil ochko to'plagan holda 2-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gironafc.cat