Jessi Lingard barcha agentlarini ishdan bo'shatdi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2024, 16:13
Yozgi transferlar oynasi vaqtida biror jamoaga o'ta olmagan Jessi Lingard barcha agentlarini ishdan bo'shatdi.

Lingard muzokaralarni yaxshi olib bora olmagan vakillaridan mamnun bo'lmagan. "Sky Sports" ma'lumotiga ko'ra, agentlarining katta qismi uning oila a'zolari hisoblanishgan.

Yarim himoyachining so'nggi jamoasi "Nottingem Forest" bo'lgandi. So'nggi oylar davomida u jismoniy holatini ushlab turish va ko'rikdan o'tish uchun "Al Ittifoq" tarkibida mashg'ulotlar olib bordi.

Yozgi transferlar oynasi vaqtida uning xizmatlari "Barselona"ga taklif qilindi, biroq tomonlar kelishuvga erisha olishmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mail Sport