Jerrardning “Reynjers”i Shotlandiya chempionatini mag'lubiyatsiz yakunladi

Eldor Akmurzayev
15 may 2021, 21:25
Shotlandiya chempionatining yakunlovchi turida mamlakat chempionligini muddatidan oldin hal qilib qo'ygan “Reynjers” 4:0 hisobida “Aberdin”ni taslim etdi.

Shu tariqa, glazgoliklar mavsumni mag'lubiyatsiz yakunlashdi. Stiven Jerrard boshqaruvidagi jamoa 38 o'yinda 32 ta g'alabaga erishib, 6 marta raqiblari bilan durang o'ynagan holda 102 ochko jamg'ardi. To'plar nisbati esa 92-13 (+79).

Ma'lumot o'rnida, “Reynjers” 2011 yildan beri ilk marta Shotlandiya chempionligini qo'lga kiritib, “Seltik”ning gegemonligiga nuqta qo'ydi. Jamoa o'z tarixida 55-marotaba mazkur titulga ega chiqdi. 40 yoshli Jerrard esa mavsum yakunlariga ko'ra chempionatda 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi nomini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia