Jerrard "Reynjers"ga sobiq jamoadoshlarini transfer qilmoqda

Mirjalol Normatov
22 may 2018
"Fenerbaxche" himoyachisi Martin Shkrtel va "Liverpul" yarim himoyachisi Garri Uilson Shotlandiya chempionatiga o'tmoqda.

“Scottish Sun” xabariga ko'ra, ikki futbolchi ham "Reynjers" tarkibiga o'tadi. 33 yoshli slovakiyalik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolanadi. 21 yoshli uelslik futbolchi esa Shotlandiyada bir mavsum ijarada o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, "Reynjers" boshqaruvini "Liverpul"ning sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard o'z qo'liga olgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Scottish Sun