Jerar Pike: "Hakamlar "Real"ga doim yordam beradi, bu yoshlar jamoalaridan boshlanadigan holat"

Omonjon To`xtamirzayev
2 apr 2021, 20:21
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike yoshlar o'zrtasidagi musoba doirasidagi "Real"ga qarshi uchrashuvlardan birini yodga oldi.

Katalon klubi 2:0 hisobida oldinda borayotgandi, biroq yakunda 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan. "Madrid" tarkibida Alberto Lora xet-trik qayd etgan. Alberto bugungi kunda Ispaniyaning uchinchi divizion vakili "Marino de Luanko" safida harakat qiladi.

G'alaba goli aynan Pike to'pni yo'qotganidan keyin urilgandi.

"Bu qoida buzilishi, o'rtoq! Hakamlar "Real"ga doim yordam berishadi, bu hol yoshlar jamoalaridan boshlanadi", – dedi Pike, Movistar tomonidan ishlangan hujjatli filmda o'sha epizodni ko'rib.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru