

“Men tug'ma menejer emasman. Ammo men “Barselona” prezidenti bo'lishni istayman. Bu mening orzuim. Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan keyin sevimli jamoamga qo'limdan kelganicha yordam berishni istayman. Agar FIFA prezidenti bo'lganimda, hakamlik tizimini o'zgartirgan bo'lardim. Hakamlikdagi tushunmovchiliklar va turfa qarashlardan qochish uchun ularning ishlash sharoitlarini yangilab, zamonaviy texnologiyalarni qo'llashga harakat qilardim”, deydi Pike.


