

O'quv-kurslarida jami 24 nafar murabbiylikka nomzodlar ishtirok etmoqda. E'tiborlisi, ular orasida O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hamda amaldagi a'zolari – 44 o'yinda O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozasini qo'riqlagan Pavel Bugalo, milliy terma jamoa safida o'tkazgan o'yinlari soni bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan (119 o'yin) Temur Kapadze hamda hozirga qadar terma jamoa safida 116 o'yinda maydonga tushib, 25 golga mualliflik qilgan Server Jeparov ham bor.
Ushbu o'quv kursi 25 avgustga qadar davom etadi. O'zbekistonlik OFK instruktori Islom Ahmedov tomonidan olib borilmoqda. Koordinator – O'FF texnik bo'limi boshlig'i Shavkat Imomov.



