"Jenoa"ga qarshi o'yin oldidan "Yuventus"da katta yo'qotish

Mirjalol Normatov
1 dek 2020, 22:26
"Yuventus" forvardi Alvaro Morata A Seriyaning navbatdagi ikki o'yinidan chetlatildi.

Ispaniyalik futbolchi "Benevento"ga qarshi o'yinning yakunida bosh hakamga bo'lgan keskin munosabati sababli maydondan chetlatilgandi. Shu sababli u endi "Torino" va "Jenoa"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Ushbu mavsumda Morata "Yuventus" tarkibida 8 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato