“Jenoa” futbolchisining otasi “Roma” qarorgohiga bostirib kirdi

Eldor Akmurzayev
18 may 2021, 21:05
Kecha oqshom Emiliano Skamakka “Roma” bazasiga bostirib kirdi, deya xabar bermoqda Football Italiya.

“Jenoa” hujumchisi Janluka Skamakkaning otasi o'zi nosog'lom tutgan va u yerda bo'lganlarning barchasini qo'rqitib, qo'lidagi lom bilan avtoturargohdagi “Roma” xo'jayinlariga tegishli mashinalarga zarar etkazgan.

Bu vaqtda rimliklarning yoshlar jamoasi maydonda mashg'ulot olib borayotgan bo'lgan va guvohlar ularga zarar yetishidan qo'rqqan. Biroq, vaziyatga policiya aralashib, salbiy oqibatlarning oldini oldi. Hozircha u nega o'zini bunday tutgani ma'lum emas.

Janluka Skamakka “Roma” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 16 yoshida PSJga ketgan. 22 yoshli “Sassuolo” hujumchisi hozirda “Jenoa”da ijara asosida o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia