"Jenoa" forvardi "Aleksandriya"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
20 iyul 2021
"Aleksandriya" klubi yangi mavsum starti arafasida "Jenoa"ga tegishli bo'lgan 24 yoshli forvard Klaudio Spinellining transferini e'lon qildi.

Hozircha klub tomonidan transfer ishlari borasida ma'lumotlar berilgani yo'q.

"Jenoa" 3 yil oldin forvardni Argentinaning "Tigres" jamoasidan 3,6 mln evroga sotib olgandi. Biroq u jamoaga moslashib keta olmaganligi uchun birorta o'yinda qatnashmadi va shu boisdan "Krotone", "Argentinos Xuniors", "Ximnasiya" kabi jamoalarda ijara asosida o'ynadi.

O'tgan mavsumni u Sloveniyaning "Koper" tarkibida o'tkazib, 27 o'yinda 3 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal