"Jenoa" darvozaboni koronavirus bilan kasallandi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2020
"Jenoa" darvozaboni Mattia Perinning COVID-19 uchun topshirgan testi ijobiy natijani ko'rsatdi. Bu haqda "Jenoa" klubi bosh murabbiyi Rolando Maran ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, 27 yoshli darvozabonning isitmasi bor. U allaqachon karantinga olingan.

Shunday qilib, Perin Italiya chempionatining "Napoli"ga qarshi o'yinida maydonga tushmaydi. O'yin 27 sentyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

Oldinroq "Yuventus" Perinni "Jenoa"ga qayta ijaraga bergan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia