Amorim A Seriya jamoasiga o'tdi

Mirjalol Normatov
29 yanv 2026
"Jenoa" 20 yoshli Aleks Amorim bilan shartnoma imzoladi.

Italiya klubi xavbekning "Alverka" jamoasidan transfer qilinganini yozib o'tdi. Futbolchining transfer summasi 8 million evroni tashkil qiladi, shuningdek, yana 2 million evro bonuslar tarzida vada qilingan.

Amorim ushbu mavsumda Portugaliya chempionatida 19 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: genoacfc.it