"Jenoa" Patrik Viyera bilan xayrlashdi

Omonjon To`xtamirzayev
1 noya 2025, 19:34
Fransiyalik mashhur sobiq futbolchi Patrik Viyera Italiyaning "Jenoa" klubi bosh murabbiyligidan ketdi.

Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida Roberto Murgite tayinlandi, unga Domeniko Krishito yordam beradi.

"Klub murabbiy va uning shtabi vakillariga professionallik uchun minnatdorchilik bildiradi hamda kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilab qoladi", - deyiladi xabarda.

Viyera 2024 yil noyabr oyidan buyon "Jenoa"da ishlab kelayotgandi. Klub Italiya chempionatining 9 o'yinida 3 ochko jamg'arib, 20-o'rinni band etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: genoacfc.it