Jeko hali ham koronavirus bilan og'rimoqda va "Parma"ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi mumkin

Alisher
18 noya 2020, 15:54
"Roma" hujumchisi Edin Jeko hali koronavirusdan tuzalib ulgurmadi.

Futbolchida 6 noyabrda koronavirus borligi aniqlangandi. 20 noyabrda bosniyalik futbolchining karantinda ekanligiga 2 hafta bo'ladi.

Agar natija yana musbat bo'lsa, Jeko 22 noyabr kungi "Jenoa"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, forvard 2016 yilda Rim klubiga "Manchester Siti"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ANSA