Jeko "Fenerbaxche"dan ketdi

Mirjalol Normatov
30 may 2025
Hujumchi Edin Jeko "Fenerbaxche"dan ketganini ma'lum qildi.

Futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda jamoa muxlislari bilan hayrlashdi..

"Hayrlashish vaqti keldi. Ha, bu oson emas, ayniqsa, "Fenerbaxche"ga yurakdan bog'lanib qolganman", - deb yozadi Jeko.

Shuningdek, Jeko klub va muxlislarga minnatdorlik bildirdi. Umumiy hisobda 39 yoshli futbolchi "Fenerbaxche"da 99 o'yinda qatnashib, 46 gol va 18 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia