JCH-2030'ni qabul qilish uchun da'vogarlar ro'yxati e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
3 avg 2022, 09:55
Janubiy Amerikaning to'rtta davlati 2030 yilgi mundialni o'tkazish uchun qo'shma ariza topshirgandi va ular rasman tasdiqdan o'tdi.

Jahon chempionati o'tkazish uchun davogarlar ro'yxati:

Urugvay, Argentina, Chili hamda Paragvay (qo'shma ariza);

Marokash;

Ispaniya va Portugaliya (qo'shma ariza);

Bolgariya, Ruminiya, Gretsiya va Serbiya (qo'shma ariza).

G'olib nomi 2024 yil FIFAning 74-kongressi vaqtida e'lon qilishini kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2022 yilgi jahon chempionati Qatarda, 2026 yilgisi esa AQSH, Kanada hamda Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia