JCH-2026. Osiyo terma jamoalarining omadli yurishi davom etdi. Avstraliya Turkiyadan ustun keldi

14 iyun 2026, 10:55
JCH-2026 ning "D" guruhidan o'rin olgan Avstraliya va Turkiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.

JCH-2026. D guruhi. 1-tur

Avstraliya - Turkiya 2:0

14 iyun. Vankuver. “BC Place”

Hakam: Xesus Valensuela (Vensuela)

Gollar: Nestori Irankunda 27, 1:0, Konor Metkalf 75, 2:0

Avstraliya- Patrik Bich, Alessandro Chirkati, Garri Suttar, Kemeron Burgess, Djeykob Italyano (Jeson Jeria, 74) Djordan Bos, Eyden O'Nil, Konnor Metkalf, Pol Okon-Engstler (Jekson Irvin, 84) Moxamed Ture (Tete Yengi, 74) Nestori Irankunda (Nishan Veluppilay, 60)

Turkiya -Ugurdjan Chakir, Zeki Chelik (Mert Muldur, 81) Merix Demiral, Abdyulkerim Bardakdji, Ferdi Kadioglu, Orkun Kyokchyu (Yunus Okgyun, 63), Xakan Chalxanoglu, Arda Gyuler, Ismail Yuksek (Salih O'zjan, 81) Barysh Alper Yylmaz (Kenan Yildiz, 46), Kerem Aktyurkoglu (Deniz Gul, 85)

Ogohlantirish: Yunus Okgyun (Turkiya) 86

Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

88. To'p nazorati: 30 - 70 %
88. Darvozaga aniq zarbalar: 4 - 8
88. Seyvlar : 8 - 2

86. OGOHLANTIRISH. Turkiya, Yunus Okgyun

86. Patrik Bich jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

85. O'ZGARISH. Turkiya, Kerem Aktyurkoglu o'rniga Deniz Gul tushdi.

84. O'ZGARISH. Avstraliya, Jordan Bos o'rniga Aziz Bexich, Pol Okon-Engstler o'rniga Jekson Irvin tushdi

81. O'ZGARISH. Turkiya, Ismail Yuksek o'rniga Salih O'zjan, Zeki Chelik o'rniga Mert Muldur tushdi.

75. GOOOOL! Konnor Metkalf himoyachilarni dog'da qoldirib, pastki burchakni nishonga oldi. Ugurjan Chakir hech narsa qila olmadi - 2:0!

74. O'ZGARISH. Avstraliya, Muhammad Ture o'rniga Tete Yengi, Jakob Italyano o'rniga Jeson Jeria tushdi.

73. Ustunlik turklarda. Jamoa yerdan o'ynashni boshladi va xavfli vaziyatlar ichkarida ko'paydi.

72. ZARBAA. Zeki Chelik jarima maydonchasi ichiga kirib zarba berdi. Burchak zarbasi.

70. Bir daqiqalik tanaffus yakunlandi. Jamoalar suv ichib oldi.

63. O'ZGARISH. Turkiya, Orkun Kyokchyu o'rniga Yunus Okgyun tushdi.

60. O'ZGARISH. Avstraliya, Nestor Irankunda o'rniga Nishan Velupillay tushdi.

57. ZARBAA. Arda Gyulerning zarbasini Patrik Bich qaytardi. Qiziqarli o'yin guvohiga aylanyapmiz.

54. ZARBAA. Avstraliya himoyachisi Suttar burchakdan uzatib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi. Chaqirdan ajoyib seyv.

51. Turkiya burchakdan to'pni o'yinga kiritdi. Avstraliya himoyachilari to'pni qaytardi.

50. Turkiyadan ketma-ket hujumlar. Ismail Yuksekning zarbasi xavfli chiqdi.

46. O'ZGARISH. Turkiya tarkibida Baris Yilmaz o'rniga Kenan Yildiz tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. ZARBAA. Avstraliyadan keskin hujum, Irankunda to'pni egallab olib zarba berdi.

42. ZARBAA. Gyuler jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo'llab ko'rdi. Noaniq.

38. Avstraliya tartibli himoyalanmoqda. Turkiyaning pozicon hujumlari o'xshamayapti.

35. ZARBAA. Kerem Aktyurkogluning pasini Orkun Kyokchyu zarba bilan yakunladi.

30. ZARBAAA. Abdulkarim Bardakchining zarbasi darvoza ustuniga tegdi. Turkiya kamida bitta gol urishi mumkin edi.

27. GOL. Avstraliya tezkor javob hujumini uyushtirdi. Qarshi hujumda Nestori Irankunda Merih Demiralni aldab darvozani ishg'ol qildi. O'yindagi kichik ustunlik turklarda edi, ammo golni Avstraliya urdi. Ungacha bo'lgan uzatma ajoyib chiqdi.

27. ZARBAA, Turkiya uchrashuvda juda qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Gyulerning zarbasi golga aylanmadi.

23. Suv ichib olish uchun qisqa tanaffus.

18. ZARBAA. Ferdi Kadiogluning zarbasi Avstraliya darvozasi to'sini tepasidan o'tib ketdi.

14. Turkiya pozicon jihatdan yaxshi hujum tashkil qildi.

9. Avstraliya ham oldinga o'tdi. Lekin vaziyat keskin tusga kirgani yo'q.

7. ZARBAA. Gyulerning zarbasi xavfli ko'rinish oldi.

4. Ilk daqiqalardan ustunlik Turkiya terma jamoasida. Avstraliya himoyalanmoqda.

  • O'yinga start berildi.

  • Jamoalar maydonga chiqib keldi. Ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

  • Jahon chempionati guruh bosqichi uchrashuvlari davom etmoqda. Birozdan so'ng Avstraliya - Turkiya uchrashuvi start oladi.

  • Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia