JCH-2022 saralashi. Yaponiya va Saudiya Arabistoni muddatidan oldin mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishdi

Alisher
24 mar 2022, 16:13
JCH-2022 3-saralash raundi "B" guruhi 9-tur doirasidagi Avstraliya - Yaponiya o'yini bo'lib o'tdi.

Zaxiradan tushgan Mitoma 89 va 90+4-daqiqalarda gol urib, Yaponiyaga Avstraliyaga qarshi mehmondagi o'yinda g'alabani taqdim etdi.

Shunday qilib Yaponiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari JCHga yo'llanma olishdi. Qayd etish kerakki, hali oldinda saudiyaliklarning zaxirasida ikkita o'yin mavjud.

Avstraliya esa "A" guruhda uchinchi o'rinni olgan jamoa bilan o'ynaydi va g'olib Janubiy Amerikaning 5-jamoasi bilan kuch sinashadi.


Avstraliya - Yaponiya 0:2

Gollar: Mitoma (89, 90+4)

Avstraliya: Rayan - King, Degenek, Seynsberi, Grant - Mabil, Metkalf, Stensness, Boyl - Dyuk, Xrustich

Zaxira: Redmeyn, Vukovich, Bexich, Karachich, Uilkinson, Dugall, Janro, Jeggo, Folami, Fornaroli, Maklaren, Tilio

Yaponiya: Gonda - Nagatomo, Yosida, Itakura, Yamane - Minamino, Endo, Morita, Tanaka, Ito - Asano

Zaxira: Kavasima, Shmidt, Xatate, Nakayama, Sasaki, Taniguti, Ueda, Xaraguti, Kubo, Sibasaki, Mitoma, Ueda



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia