

JCH-2022 saralashi doirasida guruhimizdagi ikkinchi o'yin ham yakuniga etdi. Bahraynda o'tgan Yaman - Singapur uchrashuvida mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi va 7 ochko bilan uchinchi o'ringa chiqib olishdi.
6-turdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan birinchi o'rinda. 8 ochkoga ega Saudiya Arabistoni ikkinchi o'rinda, biroq ularning hisobida bitta o'yin kam.
7-turda terma jamoamiz dam oladi. 8-turda vakillarimiz Bahraynda Yaman mehmoni bo'lishadi.
26 mart 2020 yil
Saudiya Arabistoni - Yaman
Falastin - Singapur
31 mart 2020 yil
Yaman - O'zbekiston
Singapur - Saudiya Arabistoni



