JCH-2022. Kechagi o'yinlarning eng yaxshi futbolchilari ma'lum

Eldor Akmurzayev
23 noya 2022, 08:30
Qatardagi mundialning dastlabki 4 guruhida bahslar yakunlandi.

Kecha, 22 noyabr kuni tur doirasida 4 ta uchrashuv bo'lib o'tdi.

Argentina – Saudiya Arabistoni 1:2

Uchrashuvda bir nechta vaziyatda jamoasini gollardan qutqarib qolgan va to'pga chiqishlarda aniq harakat qilgan Muhammad Al Ovays “man of the match” sovrinini qo'lga kiritdi.

Meksika – Polsha 0:0

Robert Levandovskining penaltisini qaytargan Gilermo Ochoa o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. 37 yoshli kiper 5-jahon chempionatida qatnashmoqda.

Daniya – Tunis 0:0

Tunisliklar tayanch yarim himoyachisi Aissa Layduni faol harakatlari uchun bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Fransiya – Avstraliya 4:1

O'yinda to'p kiritgan va Olive Jiruning ikkinchi goliga hammuallif bo'lgan Kilian Mbappe “man of the match” sovrini sohibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia