

Yaponiya – Kosta-Rika 0:1
Uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylangan himoyachi Keysher Fuller “man of the match” sovrinini qo'lga kiritdi.

Belgiya – Marokash 0:2
Bahsda faol harakat qilgan Hakim Ziesh 1-taymda gol urdi, ammo ofsayd tufayli u bekor qilindi. 90+2-daqiqada esa Ziesh hujumchi Zakariya Abuhalolning goliga hammualliflik qildi. Shu tariqa, 29 yoshli hujumkor yarim himoyachi o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Xorvatiya – Kanada 4:1
O'yinda dublga erishgan Andrey Kramarich “man of the match” nomiga loyiq ko'rildi. U 36-daqiqada hisobni tenglashtirdi va 70-daqiqada oradagi farqni oshirdi. Ikkala golda ham “Xoffenxaym” a'zosiga Ivan Perishich assistentlik qildi.

Ispaniya – Germaniya 1:1
62-daqiqada gol urib, jamoasini oldinga olib chiqqan Alvaro Morata uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. Hozirda uning hisobida 2 gol va bir assist bor.




