

Alvaro Morata uchrashuvda hisobni ochgan bo'lsa, Niklas Fyullkrug nemislarni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
“Qizil furiya” joriy turnirda urgan gollarini 8 taga etkazib, o'z rekordini yangilashga erishdi va buning uchun atigi 2 o'yin kifoya qildi. Bungacha Ispaniya terma jamoasining rekordi 2010 yil qayd etilgan va o'shanda chempionlik qo'lga kiritilgan. Ispanlar turnir davomida 7 ta to'p kiritishgandi.



