

“Lusayl”dagi finalda Argentina TJni 50 ming muxlis qo'llab-quvvatlashi kutilmoqda. Fransiyaga esa 6 ming ishqiboz muxlislik qiladi. Umuman stadion sig'imi 90 ming tomoshabinga mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, oltin medal uchun uchrashuv 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.



