JCH-2022. Bunu o'z sovrinini boshqa futbolchiga topshirdi. Angliya va Fransiya uchrashuvida ham eng yaxshi futbolchi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
11 dek 2022, 08:15
Qatardagi mundial chorak finalidan o'rin olgan oxirgi ikki bahs bo'lib o'tdi.

Marokash – Portugaliya 1:0

Darvozabon Yassin Bunu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Biroq, u “man of the match” sovrinini yagona gol muallifi Yusuf En Neseriga topshirishga qaror qildi;

Angliya – Fransiya 1:2

Amaldagi jahon chempioniga g'alaba keltirgan Olive Jiru bahsning eng yaxshisi deya etirof etildi. U 78-daqiqada Antuan Grizmanning pasidan keyin boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol etishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia