Uchrashuv boshlanmay turib O'zbekiston terma jamoasi 3-saralash bosqichiga chiqqani ma'lum bo'ldi.
Bunga Avstraliya terma jamoasining o'z maydonida Iordaniyani mag'lub etgani sabab bo'ldi. Endi O'zbekiston bugun Bahraynga yutqazsa ham kamida guruhda ikkinchi o'rinni oladi va ikkinchi o'rinni olgan eng yaxshi to'rt jamoadan biri bo'ladi.
Shunday qilib, O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida oltinchi bor Jahon chempionati saralashi oxirgi guruh bosqichiga yo'llanma oldi. Uchinchi bosqich o'yinlariga 12 aprel kuni qur'a tashlanadi. Unda Osiyoning eng kuchli 12 jamoasi ikki guruhga bo'lingan holda kurash olib boradi. O'yinlar shu yilning sentyabr oyida boshlanadi.
Bundan tashqari terma jamoamiz o'z tarixida ketma-ket ettinchi bor Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Hozirgacha 2019 yilda BAAda bo'lib o'tadigan qita chempionatiga quyidagi jamoalar yo'llanma olishdi: BAA (mezbon), Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O'zbekiston, Suriya.