JCH-2018 saralashi. Osiyoning beshinchi jamoasi Panama bilan o'ynaydimi?

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2017, 11:39
Bugun tongda KONKAKAF mintaqasida JCH-2018 saralashi bahslari bo'lib o'tdi.

Peshqadam Meksika bir necha kun oldin o'z maydonida AQSH bilan 1:1 hisobida durang o'ynagandi. Bugun Kosta-Rika o'z uyida autsayder Trinidad va Tobagoni mag'lub etib (2:1) o'z mavqeini yaxshilab oldi. To'rtinchi o'rin uchun kurashayotgan Panama va Gonduras o'rtasidagi bahsda kuchlar teng keldi - 2:2.

Ushbu mintaqada yana to'rtta tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, guruhda dastlabki uchta o'rinni egallagan jamoalar to'g'ridan to'g'ri Rossiyadagi mundialga yo'l olishadi. To'rtinchi o'rin sohibi esa Osiyo qitasi pley-off bosqichi g'olibiga qarshi o'ynaydi.


JCH-2018 saralashi. KONKAKAF mintaqasi. 6-tur.
Meksika - AQSH 1:1
Panama - Gonduras 2:2
Kosta-Rika - Trinidad va Tobago 2:1


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia