JCH-2018 saralashi. KONKAKAF mintaqasi. Meksika va AQSH g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2017, 11:44
Bugun tongda KONKAKAF mintaqasida JCH-2018 saralashi bahslari bo'lib o'tdi.

Peshqadam Meksika o'z maydonida Gondurasga javobsiz uchta gol urib eng yaqin taqibchisi bilan farqni besh ochkoga oshirib oldi. O'ziga kelayotgan AQSH esa Trinidad va Tobago ustidan Kristian Pulishichning ikkita goli evaziga g'olib chiqdi - 2:0. Kosta-Rika o'z uyida Panama bilan bahsda 2 ochko yo'qotdi. 

Eslatib o'tamiz, guruhda dastlabki uchta o'rinni egallagan jamoalar to'g'ridan to'g'ri Rossiyadagi mundialga yo'l olishadi. To'rtinchi o'rin sohibi esa Osiyo qitasi pley-off bosqichi g'olibiga qarshi o'ynaydi.


5-tur
Meksika - Gonduras 3:0
Gollar:
Alanis 35, Lozano 63, Ximenes 66

AQSH - Trinidad va Tobago 2:0
Gollar:
Pulishich 52, 62

Kosta Rika - Panama 0:0


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia