JCH-2018 bora olmaydigan Jo Xart AQSHga ketadi

Darvozabonga MLS jamoasi “Nyu-York Siti”dan taklif tushdi.

Transfer huquqi “Manchester Siti” tegishli bo'lgan angliyalik darvozabon Jo Xart yozgi transferlar vaqtida katta ehtimol bilan AQSHga yo'l oladi. Hozirda unga “Nyu-York Siti” jamoasidan taklif bo'lmoqda.

Ma'lumot uchun Xart 2017/18-yilgi mavsumni “Vest Xem” safida ijara asosida o'tkazdi. Klub uni olib qolishni istamadi.


Manba: The Sun