JCH-2010ning eng yaxshi futbolchisi Gonkong klubiga o'tdi
Aslanov Jasurbek
4 yanv 2018, 14:59
Urugvay terma jamoasi sobiq hujumchisi, JARda bo'lib o'tgan JCH-2010ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Diego faoliyatini Osiyo klubida davom ettiradi.
"Manchester Yunayted", "Atletiko", "Inter" kabi klublarda to'p tepgan Forlan Gonkongning "Kitchi" klubi bilan shartnoma tuzdi. "Kitchi" 2018 yil bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etadi.